About this listing
JAHON TILLARI ™ | UzSWLU is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
Telehub📚 Ta'limga oid yangiliklar! O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi so'nggi xabarlarni bilib oling!
JAHON TILLARI ™ | UzSWLU is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
🌍 Assalomu alaykum, ta'lim oluvchilar va qiziqqanlarda! JAHON TILLARI kanali orqali O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi eng yangi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Bizda quyidagilarni topasiz: 📌 Olti oylik Joylar — Yaqinda magistraturaga o‘qish uchun ariza berish imkoniyati va bunday tadbirlarning tavsiyalari! 🚌 Talabalarga qulaylik – Yaqinda yo‘lga qo‘yilgan avtobus xizmatimiz haqida ma’lumot. 💰 To‘lov-kontrakt va chegirmalar – Baxtli talabalik shartnomalaridan biriga ega bo‘lishingiz mumkin, to‘lov jarayonlari ko'rishingimiz niyatida. 🚀 Har qanday savollar yoki takliflaringiz boʻlsa, admin bilan bogʻlaning: @gentleman_uzswlu! Xush kelibsiz, doimiy ravishda bizning kanalimizga ulaning va ta’lim sohasidagi hamma yangiliklardan boxabar bo‘ling! 🎓 Barcha izohlarni ko’rish uchun websaytimizga boring: 📩 @UzSWLU_aloqabot
Loading recent Telegram analytics…
TeleHub helps users discover Telegram communities, but users should review each community before joining. Report misleading, unsafe, or inappropriate listings.
Report a listingClick the join button to open JAHON TILLARI ™ | UzSWLU on Telegram.
No, JAHON TILLARI ™ | UzSWLU is not marked as NSFW. Users should still review the community before joining.
JAHON TILLARI ™ | UzSWLU is listed under Ta'lim, Yangiliklar, Oliygohlar, Talabalar on TeleHub.
Statistics updated November 5, 2026
Post frequency is estimated from the latest 30 stored public posts and may undercount activity.
#SavolJavob ❓Talabalarga ijara tölovining bir qismini qoplab beriş tartibi qanday: kimlarga beriladi va qanday ariza topşiriladi? Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim taşkilotlarida kunduzgi ta’lim şaklida tahsil olayotgan hamda turar joy bilan qamrab olinmagan talabalarga oylik ijara tölovining bir qismini Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriş tartibi amal qiladi. 💰 Kompensatsiya miqdori (har oy uçun): 1️⃣ Toşkent şahrida — BHMning 1 baravari (440 ming söm); 2️⃣ Boşqa hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming söm). ❓Kimlarga va qanday şartlarda qoplab beriladi? 🔹 Faqat davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan Özbekiston fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga (grant yoki tölov-kontrakt farqi yöq); 🔹 Yotoqxona bilan qamrab olinmagan hamda öziga yoki ota-onasiga tegişli bölmagan xonadonda ijarada yaşayotganlarga; 🔹 Doimiy röyxatda turgan joyidan boşqa hududdagi (tuman, şahar miqyosida) OTTda öqiyotganlarga; 🔹 Ijtimoiy yordamga muhtoj hamda örnak körsatgan, faol talabalarga birinçi navbatda tölab beriladi. (Eslatma: sirtqi, keçki, masofaviy, nodavlat va xorijiy OTTlar hamda qöşma ta’lim dastur talabalariga qoplab berilmaydi). 📲 Ariza topşiriş tartibi: Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topşiriladi: 1. kontrakt.edu.uz axborot tizimi yoki my.gov.uz portali orqali şaxsiy kabinetga kiriladi; 2. “Ijara tölovlari” bölimi tanlanadi; 3. “Ariza yuboriş” tugmasi bosiladi. 📋 Ijara şartnomasi böyiça talab: ➖ Tölov tayinlanişi uçun ijara.soliq.uz saytida hisobga qöyilgan ijara şartnomasi bölişi şart. Bitta xonadonda bir neça talaba tursa, barçasining ismi şartnomada körsatilişi şart; ➖ 1-kurslar uçun imtiyoz: faqat sentyabr va oktyabr oylari uçun ijara şartnomasi söralmasdan tölanadi, noyabrdan boşlab şartnoma majburiy. MUHIM: Uyini talabalarga ijaraga bergan fuqarolar uşbu daromadlari uçun daromad soliğidan töliq ozod etilgan. Ijaraga beruvçilar şartnomani rasmiylaştirişdan xavotir olmasa ham böladi. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
❗️Til sertifikati sabab himoyasi qolgan magistrantlar uchun muhim xabar 2023-yil 14-fevraldagi 13-son bayon asosida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan talabalar PF–81-son Farmonda belgilangan darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lsa, dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. 📌 Talab etiladigan darajalar: 🔹 C1 — filologiya yo‘nalishlari; 🔹 B2 — gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga oid fanlar, jurnalistika va axborot, AKT; 🔹 B1 — boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari. ✅ Mutaxassisligi uchun B1 belgilangan magistrantlar B1 sertifikati bilan ham himoyaga qo‘yilishi mumkin. ⚠️ Sertifikat muddati tugamagan va rasman tan olingan sertifikatlar ro‘yxatida bo‘lishi shart. Sertifikat talabi bekor qilinmagan. Sertifikat topshirgan magistrantlar himoyasini tashkil etish OTM rahbarlariga topshirilgan. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
❗️ Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga! 📆 Ma’lumki, 2026-yil 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Ushbu imtihon uchun test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlangan. 📝 Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari hamda yozma ish (esse)lar ushbu alifboda yozilishi lozim. 📌 Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi. 📝 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi! ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU