About this listing
Navoiy Viloyati Maktabgacha Ta’lim Boshqarmasi is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
TelehubRasmiy kanal, Navoiy viloyatidagi maktabgacha va maktab ta'limi yangiliklari! 🎓✨ Ro'yhatdan o'ting!
Navoiy Viloyati Maktabgacha Ta’lim Boshqarmasi is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
🎉 Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy Telegram kanali. Bu yerda siz eng so'nggi yangiliklar, tadbirlar va ta’limda ro'y berayotgan o'zgarishlarni topishingiz mumkin. Kanaldagi postlarimizda temali voqealar haqida ma'lumot olasiz: yangi maktab binolarining ochilishi, muhim sanalar va madaniy tadbirlar! 🌍 ✅ Yaqinda Tomdi tumani «Ayaqquduq» OFYda yangi 10-sonli umumta’lim maktabining qo'shimcha binosi foydalanishga topshirildi - bu asosan mustaqilligimizning 35 yilligi doirasida bo'lib o'tdi. O'zbekiston rahbarlari ta’kidlaganidek, zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlarda bolalarni sifatli bilim olish uchun tayyorlab boramiz. 📅 Har haftada yangiliklardan xabardor boʻlish uchun obuna boʻling! Shuningdek, web saytimizga (navai.uzedu.uz) yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga tashrif buyuring: Facebook | Instagram 🌐 Biz bilan birgalikda kelajak avlodni tarbiyalash va rivojlantirish yo'lida faol ishtirok eting!
Loading recent Telegram analytics…
TeleHub helps users discover Telegram communities, but users should review each community before joining. Report misleading, unsafe, or inappropriate listings.
Report a listingClick the join button to open Navoiy Viloyati Maktabgacha Ta’lim Boshqarmasi on Telegram.
No, Navoiy Viloyati Maktabgacha Ta’lim Boshqarmasi is not marked as NSFW. Users should still review the community before joining.
Navoiy Viloyati Maktabgacha Ta’lim Boshqarmasi is listed under Education, News & Media, Community, Local Government on TeleHub.
Statistics updated September 9, 2026
Post frequency is estimated from the latest 30 stored public posts and may undercount activity.
#diqqat_eʼlon #sport ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda. ➖ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi. 🔹 Roʻyxatdan oʻtish 5tashabbus.uz platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi. 👉 Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing! 📖Loyiha Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin, endilikda Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin tumanlarida yo’lga qo’yiladi. ✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan 8-sinf o‘quvchilari saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. ✅Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. ⚡️Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting! 🗣Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🚀Telegram |📷 Instagram
✍️✍️✍️✍️✍️ 🧢Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan Ilk rivojlanish markazida maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. 💠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegishli qarori bilan har bir tuman va shaharda Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish belgilangan. ✅Ayni paytda Navoiy shahridagi markazda 80 nafar bola ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilgan. Mashg‘ulotlar bolalarning yoshi, qiziqishi va individual ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etilmoqda. 🔹Ilk rivojlanish markazlarining asosiy vazifasi — bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda maktab ta’limiga puxta tayyorlashdan iborat. 📌Ma’lumot uchun: bugungi kunda viloyatda 6 ta Ilk rivojlanish markazi faoliyat yuritmoqda. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube