About this listing
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ✔ is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
TelehubToshkent shahar hokimligi rasmiy matbuot kanali. Yurtimizdagi ijtimoiy tadbirlar, e'lonlar va yangiliklardan xabardor bo'ling!
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ✔ is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
Kanal Toshkent shahar hokimligining rasmiy matbuot xizmati sifatida xalqaro muhim ijodiy dasturlar, tadbirlar va ezgu tashabbuslarni taqdim etadi. Xususan, mustaqillik bayrami munosabati bilan kam ta'minlangan oilalarga ko'mak berish loyihalari haqida ma'lumot sizni kutmoqda! 🔍 Bizning kanal orqali hayriya aksiyalaridan tortib, davlat yuqori mansabdorlarining muhim uchrashuvlari hamda o'zgaruvchi ijtimoiy ahvolga oid axborotlarga ega bo'lishingiz mumkin. E'tibor qaratilayotgan materiallar orasida O‘zbekiston Mustaqilligi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar, aholiga yordam ko'rsatish kollektiv xarakatlari va boshqa anjumanlarga doir eng so'nggi ma’lumotlarni topasiz. 🎉 Saytimizdan foydalaning: www.tashkent.uz; bizni kuzating Facebook va Instagram'da ☎️ biz bilan bog'lashingiz mumkin: info@tashkent.uz.
Loading recent Telegram analytics…
TeleHub helps users discover Telegram communities, but users should review each community before joining. Report misleading, unsafe, or inappropriate listings.
Report a listingClick the join button to open Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ✔ on Telegram.
No, Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ✔ is not marked as NSFW. Users should still review the community before joining.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ✔ is listed under News & Media, Community Engagement, Social Initiatives on TeleHub.
Statistics updated September 9, 2026
Post frequency is estimated from the latest 30 stored public posts and may undercount activity.
🚪Hunarmandchilik mahsulotlarini turizm va savdo tizimiga kengroq jalb etish masalalari muhokama qilindi 🇺🇿 8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi vakillari hamda hunarmandlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda oflayn va videokonferensaloqa shaklida jami 170 nafar ishtirokchi qatnashdi. ▫️Muloqot davomida hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlari, yirik buyurtmachilar va davlat xaridlari tizimiga kengroq jalb etish, ushbu mahsulotlarga barqaror talabni shakllantirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. 🖼Shuningdek, hunarmandlarning turizm sohasi vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish, xomashyo ta’minoti, sotuv bozorlarini kengaytirish, yirik buyurtmalarni bajarish, mahsulotlarni zamonaviy qadoqlash va brendlash bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglandi. 📈Ta’kidlanganidek, hunarmandchilik milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi ulushini kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim iqtisodiy yo‘nalish hisoblanadi. ⸻ 🚪Обсуждены вопросы расширения присутствия ремесленной продукции в сфере туризма и торговли 🇺🇿 8 сентября в хокимияте города Ташкента состоялся открытый диалог с участием представителей Агентства промышленной кооперации и государственных закупок, Комитета по туризму, Ассоциации «Хунарманд», а также ремесленников. В очном и онлайн-формате в мероприятии приняли участие в общей сложности 170 человек. ▫️В ходе встречи были рассмотрены вопросы более широкого продвижения ремесленной продукции на туристических объектах, среди крупных заказчиков и в системе государственных закупок, формирования устойчивого спроса на такую продукцию, а также расширения её экспортного потенциала. 🖼Отдельное внимание было уделено налаживанию прямого взаимодействия ремесленников с представителями туристической отрасли, вопросам обеспечения сырьём, расширения рынков сбыта, выполнения крупных заказов, современной упаковки и брендинга продукции. 📈Как было отмечено, ремесленничество является не только важным инструментом сохранения национальных традиций и ценностей, но и значимым экономическим направлением, способствующим созданию новых рабочих мест, росту доходов населения и расширению присутствия отечественной продукции на внутреннем и внешнем рынках. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati ❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur komissiya yig‘ilishida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Rustam Tillaxo‘jayev, Jahongir Mirzaabdulloyev, Jumaniyoz Ismatov hamda Behruz Ramazonovlar shuningdek xashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Dildora Quralbayeva hamda Madina Abduqayumova ham ishtirok etdi. 📁 Mazkur komissiya yig‘ilishida deputatlar Toshkent shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashishning yangi cheklangan tariflarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyev Abdurahmon Abdurashidovich hamda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ikramov Mirakbar Mirsaidovichlarning hisobotini tinglab, atroflicha muhokama qildi. 🗣 Yig‘ilish yakunida deputatlar hamda ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
❗️KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — SAMARALI BOSHQARUVNING MUHIM SHARTI 🇺🇿Bugun Uchtepa tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari M. Mirxamidov hamda Uchtepa tumani hokimi B. Mamadjanov ishtirokida hokimlik xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. ▫️Uchrashuvda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek, xizmat faoliyatida qonuniylik va odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi. 🟢Shuningdek, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda xodimlarning mazkur jarayonlardagi shaxsiy mas’uliyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. ✔️Har bir xodimning xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, qarorlar qabul qilishda qonuniylik, xolislik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi muhim ekani alohida ta’kidlandi. 🇺🇿Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, ochiqlik va halollik — samarali va ishonchli davlat boshqaruvining muhim mezonidir. ⸻ ❗️ПРОТИВОДЕЙСТВИЕ КОРРУПЦИИ — ВАЖНОЕ УСЛОВИЕ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ 🇺🇿Сегодня в хокимияте Учтепинского района состоялся открытый диалог с сотрудниками с участием заместителя хокима города Ташкента по вопросам комплаенса и внутреннего антикоррупционного контроля М. Мирхамидова и хокима Учтепинского района Б. Мамаджанова. ▫️В ходе встречи были обсуждены вопросы предупреждения коррупции, недопущения конфликта интересов, повышения открытости и прозрачности деятельности государственных органов, а также строгого соблюдения требований законодательства и норм служебной этики. 🟢Отдельное внимание было уделено основным задачам и направлениям деятельности системы комплаенса и внутреннего антикоррупционного контроля, а также персональной ответственности сотрудников в вопросах соблюдения установленных требований. ✔️Подчёркнута важность добросовестного исполнения служебных обязанностей, соблюдения принципов законности, объективности и личной ответственности при принятии решений. 🇺🇿Нетерпимость к коррупции, открытость и добросовестность являются важными принципами эффективного и заслуживающего доверия государственного управления. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot