About this listing
Rasmiy Axborot | O‘zbekiston Yangiliklari is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
TelehubO‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori haqidagi rasmiy axborot! Ishonchli manbalar orqali yangiliklar, muhim voqealar, va davlat siyosati haqida malumotlar. 📢
Rasmiy Axborot | O‘zbekiston Yangiliklari is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
Rasmiy Axborot kanali O‘zbekistonning muhim voqealariga oid aniq va ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi. Biz sizga vazirliklar va davlat rahbariyatidan olingan yangiliklarni yetkazamiz: ijtimoiy-siyosiy ahvol, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot rivoji – bular sohaga oid dolzarb masalalarni to‘liq yoritish uchun eng yaxshi manbadir. Kanalingizda siz so'nggi anjumanlardan tushirilgan bayonotlar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqlari bilan tanishishingiz mumkin. Mamlakatimiz 130 dan ortiq millat va elat vakillarining tinch bir oilada yashashini mashhur qilmoqda. Shuningdek, Ahborotni muntazam ravishda yangilab turing; xususan yorqin kelajak istiqbollari haqida batafsil ma'lumot olasiz! 🔴 Millatlararo totuvlikni saqlash va mustaqilligimiz tarixidan qimmatli natijalarni bilib oling. Keyingi yillarda O‘zbekiston xalqaro diplomatiya markaziga aylanish uchun ko'p yo'nalishda harakatlanadi. Kelgusi on yillikdagi maqsadlar - aholi hayoti darajasini oshirish, suv resurslari boshqaruvi, sog‘liqni saqlash va boshqa bir qancha izchil islohotlarla ta'minlashdir.
Loading recent Telegram analytics…
TeleHub helps users discover Telegram communities, but users should review each community before joining. Report misleading, unsafe, or inappropriate listings.
Report a listingClick the join button to open Rasmiy Axborot | O‘zbekiston Yangiliklari on Telegram.
No, Rasmiy Axborot | O‘zbekiston Yangiliklari is not marked as NSFW. Users should still review the community before joining.
Rasmiy Axborot | O‘zbekiston Yangiliklari is listed under News & Media, Politics, Government, Society, International Relations on TeleHub.
Statistics updated September 9, 2026
Post frequency is estimated from the latest 30 stored public posts and may undercount activity.
📢 «Sharafli yo‘l» — iste’dodlar e’tirofi 🇺🇿 Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Sharafli yo‘l» videoroliklar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. 📌 Tanlov «Eng yaxshi videorolik», «Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik» va «Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik» yo‘nalishlarida o‘tkazildi. 🎉 Bugun Oʻzbekiston milliy kino san’at saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘oliblarga esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari topshirildi. 🥳 Shuningdek, bir guruh jurnalistlarga Uyushmaga a’zolik guvohnomalari taqdim qilindi. 🎬 Tadbir yakunida «Jurnalist» badiiy filmi namoyish etildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👍 Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni tanqidiy tahlil qildi. Yig‘ilishda ishlay olmayotgan korxonalarni qayta ishga tushirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat banklari balansidagi qariyb 2,5 mingta obyektni samarali ishga solish orqali 40 mingtagacha ish o‘rnini tiklash mumkinligi qayd etildi. Shuningdek, ehtiyojmand oila a’zolarini ishga olgan korxonalar uchun 1-oktabrdan ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz etib belgilanishi ma’lum qilindi. Mahallalarda xizmat ko‘rsatish, bo‘sh bino va yerlarni tadbirkorlik loyihalariga jalb etish, ayollar bandligi uchun zarur sharoitlar yaratish hamda har bir oilani barqaror daromad manbaiga bog‘lash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
⚡ Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kreditlash tartibi joriy etildi. ➡️ Kreditlash shartlari: 🔷 Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha; 🔷 Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha; 🔷Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha; 🔷Imtiyozli davr — 2 yil; 🔷Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi. ➡️ Foiz xarajatlarini qoplash: Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi. ➡️ Murojaat tartibi: Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi. 📌Batafsil ma’lumot uchun: Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi, Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi: ☎️ Tel.: +99877 448 77 88. https://t.me/Rasmiy_axborot_official