About this listing
Maktabgacha va Maktab Ta'limi Vazirligi ✔ is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
TelehubO‘zbekistondagi ta'lim tizimining yangiliklari va muhim tadbirlar. 🔍 Kuzatishda davom eting!
Maktabgacha va Maktab Ta'limi Vazirligi ✔ is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — O‘zbekiston Respublikasida taʼlim sohasidagi rasmiy kanal! Ushbu kanalda siz maktabgacha ta’lim jarayoniga oid so’nggi yangiliklarni, xalqaro tadbirlar va konferensiyalar haqida ma’lumotlarni hamda boshqa foydali resurslarni topasiz. 🌍 Ayniqsa, yaqinda Koreyada o‘tkazilgan Global fuqarolik ta’limi xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi, unda O‘zbekistonning taʼlim yutuqlari haqida bahs yuritildi. Mukofotlar berish marosimlari va turli bayram tadbirlari singari maqolalar yordamida fanslarga video mazmunini taklif etamiz. Hududlarda katta o’zgarish qilayotganimizni ko’rish uchun qo’shiling! Shuningdek, biz sizga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali doimo xabarlar yetkazib boramiz: Telegram 💬 Facebook 📘 Instagram 📸 Youtube 📹 Veb-sayt 🌐. Ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning natijalarini birgalikda ko'zdan kechiramiz! Biz bilan bir qatorda bo‘ling! 🚀
Loading recent Telegram analytics…
TeleHub helps users discover Telegram communities, but users should review each community before joining. Report misleading, unsafe, or inappropriate listings.
Report a listingClick the join button to open Maktabgacha va Maktab Ta'limi Vazirligi ✔ on Telegram.
No, Maktabgacha va Maktab Ta'limi Vazirligi ✔ is not marked as NSFW. Users should still review the community before joining.
Maktabgacha va Maktab Ta'limi Vazirligi ✔ is listed under Education, News & Media, Government, Community on TeleHub.
Statistics updated September 9, 2026
Post frequency is estimated from the latest 30 stored public posts and may undercount activity.
‼️‼️‼️ ❗️2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari yakunlanishiga 1️⃣ kun qoldi! Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. ▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti), ➖kechki ta’limda – 4 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti). 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#diqqat_eʼlon #sport ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda. ➖ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi. 🔹 Roʻyxatdan oʻtish 5tashabbus.uz platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi. 👉 Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Islohotlar_samarasi #Inklyuziv_taʼlim ✅ Ta'lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarning sifatli bilim olishi hamda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. 📍Videolavhada Andijon viloyati, Andijon shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabidagi jarayonlar aks etgan. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin