About this listing
⚡️ O‘zbekgidroenergo | Eco Initiatives & Updates is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
Telehub🌱 Engaging in environmental efforts! • Projects for clean air • Upcoming sports events and more! 🌍
⚡️ O‘zbekgidroenergo | Eco Initiatives & Updates is a Telegram channel listed on TeleHub. View its description, category, member count, and Telegram join link.
Explore how "O‘zbekgidroenergo" AJ is making strides in ecological responsibility with various initiatives aimed at improving air quality in Uzbekistan. Current projects like the 'Clean Air' campaign encourage everyone to participate actively, promoting healthy lifestyles through practices such as car-free days. Plus, get involved in exciting activities like our upcoming volleyball tournament celebrating women’s teams within our organization! This channel shares updates on ecological achievements, hydroelectric projects set for launch in 2026, and community engagements meant to foster collaboration between entrepreneurs and environmental goals. Your participation matters!
Loading recent Telegram analytics…
TeleHub helps users discover Telegram communities, but users should review each community before joining. Report misleading, unsafe, or inappropriate listings.
Report a listingClick the join button to open ⚡️ O‘zbekgidroenergo | Eco Initiatives & Updates on Telegram.
No, ⚡️ O‘zbekgidroenergo | Eco Initiatives & Updates is not marked as NSFW. Users should still review the community before joining.
⚡️ O‘zbekgidroenergo | Eco Initiatives & Updates is listed under Environmental Awareness, Hydropower Projects, Community Events, Sports Activities on TeleHub.
Statistics updated September 9, 2026
Post frequency is estimated from the latest 30 stored public posts and may undercount activity.
📝 “O‘zbekgidroenergo” AJda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tahliliy-tanqidiy yig‘ilishlar o‘tkazildi 👍 “O‘zbekgidroenergo” AJda ijro intizomini yanada mustahkamlash, nazoratdagi topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, shuningdek, tarkibiy tuzilmalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Boshqaruv raisining o‘rinbosarlari ishtirokida navbatdagi tahliliy-tanqidiy yig‘ilishlar o‘tkazildi. 🗣Yig‘ilishlarda Boshqaruv raisining ekspluatatsiya, qurilish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bekzod Amirsaidov, investitsiya va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azimjon Ahmadjanov hamda moliya, transformatsiya va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farrux Nurullayev rahbarligidagi departament, boshqarma va bo‘limlarda ijro intizomini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy jihatdan muhokama qilindi. 📌Apparat rahbari Xurshid Ravshanov tomonidan taqdim etilgan tahliliy ma’lumotlar asosida ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi. Xususan, nazoratga olingan topshiriqlarning ijro holati, bajarilish muddatlari yaqinlashgan vazifalar hamda belgilangan chora-tadbirlarning amaliy natijadorligi yuzasidan batafsil axborot berildi. Muhokamalar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, yig‘ilish bayonlari hamda Jamiyat rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi alohida ko‘rib chiqildi. Jumladan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash, sel va suv toshqinlari mavsumida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarning ijrosi, investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish, loyihalar ijrosi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda topshiriqlarning natijadorligini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari eshitildi. Ta’kidlanganidek, Jamiyatda ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha kunlik, haftalik va oylik kesimda monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir nazoratdagi topshiriqning ijro holati muntazam ravishda tahlil qilinib, muddatlar, mas’ullar va erishilayotgan natijalar alohida nazoratga olinmoqda. Mazkur tizim topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ijro jarayonidagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish imkonini bermoqda. ✅ Yig‘ilishlarda tarkibiy tuzilmalar rahbarlariga topshiriqlar ijrosiga yuzaki emas, balki aniq natija va mas’uliyat nuqtayi nazaridan yondashish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda har bir vazifaning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. 👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Fuqarolar va tashkilotlar uchun murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus telegram-bot faoliyati yo‘lga qo‘yildi 🕐 “O‘zbekgidroenergo” AJda yangi imkoniyat! Endilikda “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyatiga yoki Jamiyat faoliyatiga oid savol, taklif va murojaatlaringizni 24/7 rejimida yuborishingiz mumkin. 🔹Fuqarolar va tashkilotlar uchun murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus telegram-bot – @ugemurojaat_bot – faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 🟡Bot orqali Siz: Jamiyat faoliyatiga oid savol va murojaatlaringizni yuborishingiz; o‘zingizni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha murojaat qoldirishingiz; murojaat qilish uchun ortiqcha vaqt sarf qilish va ovoragarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. 👍 Endilikda “O‘zbekgidroenergo” AJga murojaat qilish yanada qulay, tezkor va ochiq. Murojaatlaringiz biz uchun muhim! "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Andijon GES (GES-36) da gidroagregatlar va kuch transformatorlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda ⚡️ “Andijon GES” filialida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, gidroelektr stansiyalarning ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida GES-36 da navbatdagi joriy ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda. ⚡️Ayni paytda stansiyaning G-1 va G-2 gidroagregatlari hamda kuch transformatorlarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tadbirlari olib borilmoqda. Xususan, gidroagregatlardagi moylar to‘liq yangilanib, uskunalarning texnik holatini yaxshilashga qaratilgan profilaktik ishlar bajarilmoqda. 👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube